Samarqand viloyatidagi jinoyat sudlari yil boshidan buyon 30 nafar shaxsni oqladi
Bu haqda Samarqand viloyatidagi sudlarning joriy yil to‘qqiz oylik faoliyati bo‘yicha sud raislari ishtirokida o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi.
Bu haqda Samarqand viloyatidagi sudlarning joriy yil to‘qqiz oylik faoliyati bo‘yicha sud raislari ishtirokida o‘tkazilayotgan brifingda ma’lum qilindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi Olim Hayitovning qayd etishicha, to‘qqiz oy davomida viloyatdagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2665 nafar shaxsga nisbatan 2080 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan.
442 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilib, 483 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.