Samarqand viloyatida koronavirusga qarshi qo‘llangan vaksinalar miqdori 5 million dozadan oshdi. Bu — hududlar orasidagi rekord ko‘rsatkich
21 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 116 ming 573 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 23 400 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 42 091 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 51 082 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 41 258 650 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 19 157 451 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 14 334 884 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 7 766 315 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Samarqand viloyati (19 109 doza),
Toshkent shahri (18 224 doza),
Farg‘ona viloyati (11 691 doza) qildi.
Birinchi doza bilan emlash ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 89,3 foizni, to‘liq bosqichlarda emlanish ko‘rsatchiki esa 67,1 foizni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati