Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
14:38 / 2020-12-21

Samarqand viloyati hokimligida xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani ma’lum qilindi.

 Shu paytgacha Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zebiniso Shodiyeva boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi.

 2019 yildan buyon Samarqand viloyati xalq ta’limi tizimiga rahbarlik qilgan Saidahmad Usmonov o‘z arizasiga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Yig‘ilishda unga ham munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

 Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U.Sharifxo‘jayev viloyat maktablarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdi.

 G‘.HASANOV, O‘zA