Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:29 / 2025-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari D.Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Jumladan, Oqdaryo tumanidagi “Alkan Finans Investments” MCHJning parfyumeriya va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi ko‘zdan kechirilib, mahsulotlarning sifati, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida belgilangan investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish va eksport hajmini kengaytirish hamda kommunikatsiya bilan to‘liq ta’minlash borasidagi muammolarini tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

***

Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov va Samarqand viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirishga mas’ul o‘rinbosari J.Haydarov Urgut tumanida tadbirkorlar bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda davlatimiz rahbarining yaqinda tumanga tashrifi davomida bergan topshiriqlarining ijrosi muhokama qilinib, infratuzilma, yer va kredit ajratish, mahsulotlarni eksport qilish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlarning muammo va takliflari eshitildi.  

***

Viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Samiyev Xitoyning Qinghai provinsiyasi energetika byurosi bosh direktori Xu Haiming bilan uchrashuvda energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.  

Ikki hudud energetika korxonalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni chuqurroq muhokama qilish va energetika sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyati delegatsiyasi Qinghai provinsiyasiga boradigan bo‘ldi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri