Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
11:18 / 2025-04-16

Rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Vengriya mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovniskiy boshchiligidagi delegatsiya kecha Samarqandda bo‘ldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev kutib oldi.  

Vengriya mudofaa vaziri shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildi.

***

Viloyat hokimining 2025 yil 15 apreldagi qaroriga ko‘ra, Samarqand shahri hududidagi jamoat transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tariflar miqdori bir yo‘lovchi uchun to‘lov naqd pul orqali amalga oshirilganda 3000 so‘m, transport va bank kartasi orqali amalga oshirilganda – bir martalik cheklangan tarif miqdori 2000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, qarorda shahardagi barcha yo‘nalishlarda jamoat transporti kech soat 22.00 ga qadar, turistik yo‘nalishlarda esa soat 23.59 ga qatnashini ta’minlash belgilab qo‘yildi.  

***

Profilaktik hisobda turgan hamda tarbiyasi og‘ir uyushmagan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish maqsadida 100 nafar yosh uchun “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘inining navbatdagi mavsumiga start berildi.

O‘n kunlik harbiy-o‘quv yig‘in davomida ma’naviy-ma’rifiy va biznes saboqlar, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, psixologik, motivatsion treninglar olib boriladi. Shuningdek, sport musobaqalari, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari, diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar tashkil etiladi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri