Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:19 / 2024-07-03

Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildi.

Binoda jamoat xavfsizligi bo‘limi, sport zal, xodimlarga psixologik xizmat ko‘rsatish xonasi, kutubxona, o‘quv xonasi, ma’naviyat-ma’rifat xonasi, vatanparvarlik burchagi mavjud.  

Yangi binoning ochilish marosimida ishtirok etgan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov shaxsiy tarkib yaratilgan qulaylik va imkoniyatlardan samarali foydalanib, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun sidqidildan xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

****

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filialida qandli diabet ikkinchi tur bemorlarini terapevtik o‘qitish milliy ta’lim maktabida shifokor va hamshiralar malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

Maktabning navbatdagi o‘quv seminari Payariq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘tkazildi.

Tumandagi QVP va oilaviy shifokor punktlari oilaviy shifokorlari, patronaj va amaliyotchi hamshiralar ishtirok etgan tadbirda markaz viloyat filiali vrach-endokrinologi A’zam Hamzayev skrining o‘tkazishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, qandli diabet 2-turi bo‘yicha tushuncha berdi.  

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan xodimlar va ularning oila a’zolari Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida namoyish etilayotgan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi tomoshasiga taklif etildi.

****

Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri va Indoneziya Respublikasi poytaxti Jakarta shahridagi “Bumi Purnati” teatri hamkorligida “Imom Buxoriy va Sukarno” asari sahnalashtiriladi.  

Ushbu sahna asarini o‘zbekistonlik dramaturg va ijodkorlar bilan muhokama qilish uchun “Bumi Purnati” teatri rahbari Restu Kusumaningrum xonim boshchiligidagi ijodiy guruh yurtimizga keldi.

Mehmonlar dastlab Toshkent shahridagi teatr va madaniyat maskanlarida bo‘lib, xalqimizning boy madaniyati, san’ati tarixi va bugungi kuni bilan qiziqdi.

G‘.HASANOV,  

O‘zA muxbiri