Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
21:48 / 2024-01-08

Ommaviy sport tadbirlariga start berildi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 10-20 yanvar kunlari viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda sport turlari bo‘yicha viloyat terma jamoalari sportchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Musobaqalar voleybol, basketbol, futzal, shaxmat, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, suzish va o‘q otish turlari bo‘yicha Samarqand shahridagi sport majmualarida bo‘lib o‘tadi.

Marhum harbiy xizmatchi oila a’zolaridan hol so‘raldi 

Urgut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!" shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. 

Festival "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" marafoni bilan boshlandi, shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar, harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi. Xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan marhum kichik serjant Nodir Sobirov oila a’zolari holidan xabar olinib, Mudofaa vazirligining pul mukofoti va tuman hokimining sovg‘alari topshirildi.

Samarqanddan Urganchga muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

"Humo air " aviakompaniyasi “Samarqand – Urganch – Samarqand” yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshladi. 7 yanvar kuni mazkur yo‘nalishda ilk qatnov amalga oshirildi.

Ushbu yo‘nalishda qatnovlar haftaning chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ya’ni Urganchdan uchish soat 7:40 da, Samarqandga yetib kelish 8:55 da. Samarqanddan uchish 9:25 da, Urganchga yetib bori 10:40 da.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri