Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:53 / 2023-11-29

Payariqda yangi ob’ektlar ochildi

Payariq tumani markazida tadbirkor Rustam Mamasoliyev tomonidan ilk mehmonxona tashkil etildi.

Goʻzal mahallasida joylashgan mehmonxona 13 oʻringa moʻljallangan boʻlib, mehmonlar uchun zamonaviy qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan.

Tumanning Oqqoʻrgʻon mahallasida esa fuqarolar yigʻinining ikki qavatli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurilgan binoning ikkinchi qavatida tikuvchilik sexi hamda xotin-qizlarning sport bilan shugʻullanishi uchun fitnes-klub ochildi.

Qirqovul mahallasida 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabining “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida bunyod etilgan 96 oʻrinli qoʻshimcha binosi, Yangiobod mahallasidagi 200 oʻrinli 12-son maktabgacha taʼlim tashkiloti ham Konstitutsiya kuni oldidan payariqliklarga chinakam bayram sovgʻasi boʻldi.  

Paxtachilik qizlar – gimnastrada gʻolibi

Toshkent shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla xotin-qizlari oʻrtasida sportning gimnastrada turi boʻyicha respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.  

Bahslar natijasiga koʻra, Paxtachi tumani xotin-qizlar jamoasi musobaqa gʻolib boʻldi.  

Bepul IT maktabi uchun qabul boshlandi

Samarqanddagi  “School 21” bepul dasturlash maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boshlandi.  

Ilk saralangan intensivning boshlanishi 2023-yilning dekabr oyiga moʻljallangan

Intensivdan oʻtish bu yakuniy saralash bosqichi boʻlib, u “School 21” kampusida 26 kun davomida tashkil qilinadi. Intensiv – bu C dasturlash tilining ixcham kursidir. Ishtirokchilar kurs davomida shaxsiy va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar.

Sport oyligi boshlandi

Samarqand tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Biz sogʻlom turmush tarzi tarfdorimiz” shiori ostida “Sport oyligi” boshlandi.  

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, sportning ommaviyligini oshirish maqsadida tashkil etilgan oylik doirasida ishtirokchilar milliy kurash, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol, mini-futbol turlari boʻyicha mahalla, sektor va tuman bosqichlarida oʻzaro bellashadi.

G‘.Hasanov,  

O‘zA muxbiri