Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati soliq tizimida ayol rahbarlar tayinlandi
15:15 / 2022-03-11

Davlatimiz rahbari tomonidan 7 martda qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda davlat organlari va tashkilotlarida rahbar o‘rinbosarlaridan kamida bir nafari xotin-qizlar orasidan tayinlanishi belgilangan edi.

Ushbu talabdan kelib chiqib, Samarqand viloyati davlat soliq idoralarida rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlar tayinlandi. 
Jumladan, ko‘p yildan buyon viloyat davlat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan Gulbahor Haitova Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori vazifasida ishlagan Feruza Farmonova Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

 
Samarqand tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi Istoda Haydarova ham inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. 

G‘.HASANOV, O‘zA