Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masalalar koʻrildi
17:55 / 2020-06-04

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun – 4-iyun kuni oʻtkazilgan navbatdagi sessiyasida tashkiliy masalalar koʻrildi.


Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun – 4-iyun kuni oʻtkazilgan navbatdagi sessiyasida tashkiliy masalalar koʻrildi.

Shu paytgacha Samarqand viloyati hokimligi ishlar boshqaruvchisi boʻlgan Behzod Rahmatullayev hokimlik tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Ushbu vazifada ishlagan Farhod Nazarov esa Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbarligiga oʻtkazilgan.

Shuningdek, sessiyada Jamoliddin Shamshiyev Samarqand viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi direktori lavozimiga tasdiqlandi. Shu vaqtga qadar ushbu vazifada ilgari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati boʻlgan Saxobiddin Arziqulov ishlab kelayotgan edi.

S.Arziqulov Oliy Majlis Senati Raisining shu yil 1-iyundagi farmoyishi bilan Senat devonidagi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish shoʻbasi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.