English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi
09:47 / 2021-06-07

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyunda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari hamda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining kotibiyat mudiri lavozimlari joriy etildi.

 Davlatimiz rahbari joriy yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi va bu vazifani ayni paytda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari bo‘lgan Jamshid Haydarov bajarishini qayd etgandi.

 Yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etilishi munosabati bilan “Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” lavozimi “Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi etib nomlandi (ushbu vazifada Akmal Shukurov ishlab kelmoqda).

 Vazirlar Mahkamasi qarorida Samarqand viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining asosiy vazifalari belgilangan.