Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Qodirov Bahodir Rahimovich Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu vazifada faoliyat ko‘rsatgan Dilshod Omonqulovich Mamatqulov yaqinda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Baxodir Qodirov 1976 yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zA