Samarqand viloyati hokimi eng kuchli kurashchilarga uchta “Spark” bermoqchi
Samarqandshahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida viloyat hokimi sovrini uchun xalqaro kurash musobaqasi boshlandi.
Samarqandshahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida viloyat hokimi sovrini uchun xalqaro kurash musobaqasi boshlandi.
Unda respublikamizning eng sara polvonlari bilan birga Indoneziya, Tojikiston va Qozogʻiston davlatlaridan kelgan kurashchilar 73, 90 va +90 kilogramm vazn toifasida bellashuvlarga kirishdi. Har bir vazn toifasida bosh sovrin uchun 3 ta “Spark” avtomobili qoʻyilgan.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi raisi oʻrinbosari K.Yusupov soʻzga chiqib, oʻzbek milliy kurashining nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida keng ommalashib borayotganligini taʼkidladi. Bu borada Samarqand viloyati hokimligi tomonidan koʻrsatilayotgan tashabbuslarni yuksak baholadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 20-mart kuni Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand viloyat hokimi sovrini uchun milliy kurash boʻyicha musobaqa oʻtkazilgan va unda yurtimizning 100 ga yaqin nomdor kurashchilari qatnashgan edi. Musobaqada bosh sovringa “Neksiya-3” avtomashinasi qoʻyilib, bu samarqandlik mahoratli kurashchi Muhammadkarim Xurramovga nasib etgan edi.
Oʻsha musobaqa yakunida viloyat hokimi E.Turdimov Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan yana bir turnir tashkil etib, unda uchta bosh sovrin – avtomobil qoʻyilishini maʼlum qilgan edi.
Vaʼdaga vafo qilib, ushbu musobaqa tashkil etilda va unga bu gal nafaqat respublikamiz, balki xorijiy davlatlardan ham polvonlar taklif etildi.
Bellashuvlarni kuzatamiz. Koʻramiz, “Spark”lar kimlarga nasib etar ekan?