Samarqand viloyati boʻyicha qidiruvda boʻlgan jinoyatchilarning aksariyatiga tayinlangan qamoq jazosi munosib xulq atvorda boʻlish haqidagi tilxatga almashtirilmoqda
2019-yil 10 oy davomida Samarqand viloyati boʻyicha jami 1011 ta qidiruvda boʻlgan jinoyatchilardan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 280 tasi ushlandi va 726 ta jinoyatchi hali ham qidiruvda.
2019-yil 10 oy davomida Samarqand viloyati boʻyicha jami 1011 ta qidiruvda boʻlgan jinoyatchilardan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida 280 tasi ushlandi va 726 ta jinoyatchi hali ham qidiruvda.
Oʻtgan yilning shu davrida 1340 ta qidiruvda boʻlgan shaxslardan 461 tasi ushlangan hamda 879 ta qidiruvdagi jinoyatchi qidiruvda boʻlgan.
Joriy yilning 10 oy davomida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tashabbusi bilan qidiruv yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, yaʼni viloyat boʻyicha jami qidiruvda boʻlgan 1011 nafar shaxslarning yaqin qarindoshlari va joylardagi keng jamoatchilik ishtirokida viloyat IIB boshligʻining 1-oʻrinbosari polkovnik F.Xasanov hamda viloyat prokurorining 1-oʻrinbosari Adliya katta maslahatchisi S.Eshquvvatovlar raisligida barcha shahar-tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boʻlim boshliqlari hamda tumanning boshqa mutasaddi rahbarlari va keng jamoatchilik jalb qilingan holda oʻtkazilgan yigʻilishlar hamda qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlarining har biri bilan suhbat, tushuntirish ishlari olib borilgani oʻz samarasini bermoqda.
Qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlari davomida oʻz ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga 57 nafar qidiruvdagi shaxslar kelganligi sababli ularning aksariyatiga nisbatan muqaddam qoʻllanilgan qamoq jazosi munosib xulq atvorda boʻlish haqidagi tilxatga almashtirildi.
2018-yilning 10 oy davomida jami 156 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan boʻlib, joriy yilning shu davrida esa atigi 93 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Qidiruv eʼlon qilinishi oʻtgan yilga nisbatan 63 taga kamayishiga erishildi.
Yuqorida qayd etilgan koʻrsatkichlar natijasida 2018-yilning 10 oy holatiga koʻra qidiruvda boʻlgan jinoyatchilar soni 879 nafarni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning shu davrida qidiruvda boʻlgan jinoyatchilar qoldigʻi 726 taga, yaʼni oʻtgan yilga qaraganda 285 taga kamayishiga erishilgan.
Hozirgi kunda 726 nafar qidiruvdagi shaxslardan, Samarqand viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan MDX davlatlar muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 89 nafari ushlandi.
Jumladan:
Rossiya Federatsiyasida 28 ta,
Qozogʻistonda 6 ta,
Armanistonda 1 ta.
Shuningdek 2019-yilda boshqa davlatlarda yashirinib yurgan 52 nafar qidiruvdagi shaxslar aniqlanib Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilib olib kelindi.
Samarqand viloyati IIB JQB