Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand viloyat sudining yangi raisi tanishtirildi
17:57 / 2026-03-10

Samarqand viloyati sudida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sud raislari va sudyalar ishtirok etdi.

Prezidentimizning joriy yil 3-martdagi farmoyishi bilan Dilshod Rajabov Samarqand viloyat sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Yig‘ilishda yangi tayinlangan viloyat sudi raisi jamoaga tanishtirildi.  

Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va viloyat hokimi Adiz Boboyev shu paytgacha Samarqand viloyati sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Olim Xayitovning ko‘p yillik samarali mehnati hamda sud-huquq tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.  

Yig‘ilishda viloyatda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikrlar bildirildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri