English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabalari Bolgariyada amaliyot o‘taydi
15:34 / 2021-01-22

Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Bolgariyadagi Xalqaro sanoat va aholini tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalardan himoya qilish kolleji vakillari keldi.

Bolgariya Respublikasining yirik provinsiyalaridan biri bo‘lgan Varna shahrida joylashgan mazkur kollej ko‘p yillik tarixga ega bo‘lib, Yevropa, Osiyo mamlakatlarining ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariya aholisining 18 foizi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan band. Ularni soha ishidan xabardor qilish va bilimini oshirishda ushbu ta’lim dargohining o‘rni katta.

Institut jamoasi bilan uchrashuv chog‘ida Xalqaro sanoat va aholini tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalardan himoya qilish kolleji boshqaruvi raisi o‘rinbosari, doktor P.Sirotin o‘zi vakili bo‘lgan o‘quv yurtining bugungi faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, o‘rganish ob’ektlari va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan hamkorlik aloqalaridan kutilayotgan natijalar xususida ma’lumot berdi. Ta’lim muassasasi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti bilan biotexnologiya va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash borasida hamkorlik qilishi niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamda Xalqaro sanoat va aholini tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalardan himoya qilish kolleji o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda malaka amaliyotida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarni stajirovka uchun yuborish, kelgusida xalqaro “O‘zbek-Bolgar-Chexiya markazi”ni ta’sis etish, biotexnologik klaster tarmog‘ini yaratish kabi yirik loyihalar nazarda tutilgan.

Bolgariyalik mehmonlar safar davomida institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

G‘.Hasanov, O‘zA