Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand veb-forumi oldidan brifing
19:13 / 2020-08-11

12-13-avgust kunlari yoshlar huquqlarini targʻib qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan inson huquqlari boʻyicha Samarqand veb-forumi boʻlib oʻtadi.

12-13-avgust kunlari yoshlar huquqlarini targʻib qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan inson huquqlari boʻyicha Samarqand veb-forumi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida forumga tayyorgarlik yuzasidan brifing tashkil etildi.

Unda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov Samarqand veb-forumining maqsadi, unda muhokama qilinadigan mavzular haqida jurnalistlarga maʼlumot berdi.

17 (2).jpg

19.jpg

Mazkur onlayn-forumda hozirgacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Afrika Ittifoqi tizimidagi yoshlar tuzilmalari rahbarlari, diplomatik korpus, inson huquqlari boʻyicha xalqaro, mintaqaviy va milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 1000 dan ziyod kishi qatnashish istagini bildirgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar yoshlar huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq muammolarni batafsil koʻrib chiqish, ayni yoʻnalishdagi xalqaro va mintaqaviy mexanizmlarni takomillashtirish masalalarini muhokama qilish imkoniga ega boʻladi.

16 (2).jpg

13.jpg

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan taklifiga muvofiq tayyorlangan BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasi birinchi marta jahonning yetakchi ekspertlari muhokamasiga taqdim etiladi. Muhokamada har bir fuqaro oʻz taklif va mulohazalari bilan qatnashishi mumkin.

Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiya loyihasi forumning rasmiy sayti (http://www.asianforum.uz/)da joylashtirilgan.