Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand va Soka universitetlari hamkorligidagi loyiha
14:00 / 2021-02-08

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, Soka hamda Samarqand davlat universitetlari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab onlayn xalqaro anjuman tashkil etiladi.

Ertaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan anjumanda Samarqand va Tokioda faoliyat olib borayotgan Navoiy merosi tadqiqotchilari, targ‘ibotchilari, muxlislari ishtirok etadi.

Soka universitetidagi Alisher Navoiy haykali poyiga O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov hamda Soka universiteti rektori professor Yosixisa Baba tomonidan gulchambarlar qo‘yiladi. Shoirga hurmat bajo keltirilgandan so‘ng, tadbirning rasmiy qismiga navbat beriladi.

Alisher Navoiyning boy madaniy merosi, unda xalqlar do‘stligiga alohida ahamiyat qaratilganligi har ikki tomon olimlarining e’tibor markazida bo‘ladi.

 

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati