Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand va Sian shaharlari hamkorlik qiladi
09:08 / 2023-10-26

Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi markazi bo‘lgan Sian shahar partiya qo‘mitasi kotibi Fan Xunvey boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Shahar hokimi Fazliddin Umarov bilan uchrashuvda ikki qadimiy kent o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash lozimki, Samarqand viloyati bir necha yildan buyon Shensi provinsiyasi bilan hamkorlik qiladi. Joriy yilda ikki hudud rahbarlari va tadbirkorlari ishtirokida Sian va Samarqand shaharlarida iqtisodiy forum, taqdimotlar o‘tkazildi, delegatsiyalar tashriflari uyushtirildi.  

Shu nuqtai nazardan Samarqand va Sian shaharlari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.  

Uchrashuvda Samarqand va Sian shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari