Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand va Kiyev o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:36 / 2021-08-10

Ushbu masala ayni paytda Kiyevda bo‘lib turgan Samarqand viloyati turizm va sport boshqarmasi vakillarining Ukraina turizm sohasi mas’ullari bilan uchrashuvlari chog‘ida muhokama etilmoqda.

Ukrainadan yurtimizga keladigan sayyorlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida uyushtirilgan safar doirasida Samarqand viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Narziqulov va Ukrainaning “Senter” sayyohlik kompaniyasi bosh direktori Svetlana Vitkivskaya o‘rtasida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda hamkorlikning yangi istiqbollari, jumladan, MISE turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

 G‘.HASANOV, O‘zA