Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydi
17:05 / 2021-05-21

Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 17 maydagi xatiga asosan joriy yilning 25 may kuni barcha umumta’lim maktablarida (onlayn ta’lim shakliga o‘tgan maktablar bundan mustasno) “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

Mazkur tartibga ko‘ra, ayni paytda ta’lim jarayonlari onlayn shaklda davom etayotgan Samarqand (82 ta maktab) va Kattaqo‘rg‘on (18 ta maktab) shaharlarida va tumanlardagi 68 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydi.

Bu haqda boshqarma tomonidan xat chiqarilib, barcha tuman, shaharlarga ijro uchun yuborilgan.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkaziladigan maktablar pirometr va antiseptik vositalari bilan ta’minlanadi hamda tadbir o‘tkazilayotgan joyda ijtimoiy masofa saqlash choralari ko‘riladi. Tadbirda maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkaziladi va unda faqatgina 4-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi. Tadbir tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan kelishilgan aniq ssenariy asosida, soat 8:00 dan 8:45 ga qadar tashkil etiladi.  

 

O‘zA