Samarqand turizm markazi va “Asita” turistik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Jakartada O‘zbekiston va Indoneziya turizm, biznes va madaniyat anjumani o‘tkazildi.
Tadbir mamlakatimiz elchixonasi va Indoneziyaning Halol turmush tarzi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda indoneziyalik ziyoratchilarni O‘zbekiston sayyohlik maskanlariga jalb qilish, birgalikda charter reyslarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli sheriklikning boshqa masalalari yuzasidan kelishib olindi.
O‘zbekiston turistik agentliklari va Indoneziyaning haj va umra dasturlariga ixtisoslashgan “ASITA”, “ASTINDO”, “Sapuhi”, “Amphuri” assotsiatsiyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida, shuningdek, Samarqand turizm markazi va “Asita” turistik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zA