English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Samarqand — Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
14:14 / 2024-05-13

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 17, 18, 19 may kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:  

– 775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi, Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26,  

– 776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi, Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05da harakatlanadi.  

Ma’lumot o‘rnida, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda xarid qilish mumkin.  

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA