Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Samarqand–Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi
14:40 / 2024-10-11

“Air Samarkand” kompaniyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu "Samarqand–Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar haftada ikki marotaba amalga oshirilmoqda.

Yangi yo‘nalishning qo‘yilishidan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash hamda aholining uzog‘ini yaqin qilish va ularga qulayliklar yaratishga qaratilgan.  

Parvozlar o‘rta masofali “Airbus A321” samolyotlarida amalga oshirilyapti.  

Shuningdek, yangi reyslar samarqandliklar uchun xorijiy davlatlarga sayohat qilish imkoniyatini ham yaratadi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA