“Samarqand – Toshkent – Yo‘lovchi – Samarqand" yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmatining xabar qilishicha, 5 dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Samarqand – Toshkent – Yo‘lovchi – Samarqand" 775/776-sonli “Afrosiyob“ elektropoyezdining 2024 yilning 15-31 dekabr kunlari hamda 2025 yilning 3-12 yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi.
775-sonli “Samarqand – Toshkent Yo‘lovchi“
Samarqand 10:55 – Toshkent 13:15
776-sonli “Toshkent Yo‘lovchi – Samarqand“
Toshkent Yo‘lovchi 13:56 – Samarqand 16:14
Sh.Mamaturopova,
O‘zA