Bu haqda joriy yilning birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida axborot bergan viloyat sudi raisi O.Hayitov ma’lum qildi.
Korrupsiyaga oid bu ishlarda 228 nafar shaxs ishtirok etgan. Ularning 40 ta’lim sohasida, 21 nafari qurilish, 8 nafari sog‘liqni saqlash tizimida, 7 nafari majburiy ijro byurosi, 3 nafari hokimiyat idorlarida, 2 nafari bank sohasida ishlagan.
Shu bilan birga, yarim yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan korrupsiyaga oid 248 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlari ko‘rib tamomlandi. Bu ishlarda 122 nafar qurilish sohasi, 75 nafar ta’lim tizimi, 25 nafar sog‘liqni saqlash xodimiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Viloyat sudi raisining ta’kidlashicha, hisobot davrida qasddan odam o‘ldirish, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish va qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan sudlanganlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 nafarga ko‘paygan. Shuningdek, firibgarlik bilan sudlanganlar 162 nafarga, mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygani uchun sudlanganlar 49 nafarga, pora berish bilan sudlangan 43 nafarga oshgan.
G‘.HASANOV, O‘zA