Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi
18:11 / 2023-07-02

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Sanjar Jabborovga biriktirilgan 50 nafar ijtimoiy muammolari bo‘lgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlarning muammolarini hal etish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritaning tegishli bandini ijro etish maqsadida, ulug‘ ayyom kunlari Sirdaryo tumani "Ilg‘or" mahallasida yashovchi 18 nafar, Oqoltin tumanidagi "Ko‘rkam diyor" mahallasida yashovchi 5 nafar, "Yangi davr" mahallasida yashovchi 5 nafar, "Navoiy" mahallasida yashovchi 5 nafar hamda Shirin shahrida yashovchi 7 nafar jami 40 nafar yoshlar viloyat IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan ularda vatanga mehr-muhabbat uyg‘otish va o‘lkamizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida tarixiy joylarga mazmunli sayohat tashkil etildi.

Qizil toifaga kiritilgan 50 nafar yoshlarga Samarqand shahrining tarixiy obidalari, me’moriy inshootlari va buyuk bobokalonlarimizning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari bilan tanishtirilib, kun davomida yoshlarning vaqtlari mazmunli o‘tkazilishiga ko‘maklashildi. Sayohat davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yoshlarga ko‘ngilochar tadbirlar va ma’rifiy davra suhbatlari olib borildi.  

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga uyushtirilgan sayohat yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi.  

Sh.Suyarov, O‘zA