Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etildi.
Hujjatda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy meros agentligi, Qo‘mita bilan birgalikda turistlarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish maqsadida 2026–2028 yillarda bir qator loyiha va chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Xususan, Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy ob’ektlarni bog‘lovchi 6,6 kilometr uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha “Samarqandning meros yo‘li” loyihasi ro‘yobga chiqariladi.
Shuningdek, aholining turmush tarzi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uyg‘unlashtirgan holda Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasi jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi.
Toshkent shahri bo‘yicha esa modernizm yodgorliklarini YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha materiallar taqdim etish ko‘zda tutilgan. Eng ko‘p mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilishiga erishish ham qayd etilgan.
O‘zA