Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahridagi Bibixonim masjidi yaqinida turistik axborot markazi ochildi
14:16 / 2019-05-21

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamentining ma’lum qilishicha, “Mo‘tabar zardo‘z” firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan markaz mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.


Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamentining ma’lum qilishicha, “Mo‘tabar zardo‘z” firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan markaz mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

O‘ziga xos dizayn asosida o‘tov shaklida qurilgan axborot markazida Samarqanddagi sayyohlik yo‘nalishlari, diqqatga sazovor joylar, mintaqaning tarixiy qadriyatlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari, transport va boshqa xizmatlar haqida ma’lumot olish mumkin.

Bundan tashqari, bu yerda mahalliy jamoat transporti uchun chiptalar, sayyohlik materiallari, xaritalar, bukletlar, tarixiy adabiyotlar va hunarmandlar mahsulotlarini xarid qilsa bo‘ladi.