Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida to‘rtta davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi
14:48 / 2023-08-24

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov bugun Samarqand shahar adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Markazda xizmatlardan foydalanishda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar hamda boshqa qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.  

– Samarqand shahri “millionli shahar”ga aylantirilmoqda va beshta tuman tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda, – dedi Akbar Toshqulov. – Bu esa shahar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratishni taqozo etadi. Shuning uchun Samarqand shahrida kelgusida bir nechta yangi markaz qurilib, foydalanishga topshiriladi. Hozirda markazlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari boshlangan va bu ishlarni o‘z vaqtida bajarishimiz zarur.  

A.Toshqulov tizim mas’ullari bilan muloqotda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Adliya vaziri Samarqand viloyat yuridik texnikumida ham bo‘lib, muassasada yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.  

G‘.HASANOV, O‘zA