Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi
09:21 / 2025-10-17

Joriy yil 17 oktyabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshlaydi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli anjumanda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston xavfsizlik organlari hamda razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etadilar.

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, general-polkovnik Bahodir Qurbonov raislik qiladi.

Anjumanda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari maxsus xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan dolzarb vazifalarni muhokama qiladilar.

Majlis o‘tkaziladigan joy va kun tartibi 2024 yil 26 noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 20-yubiley yig‘ilishida belgilab olingan edi.

Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va aniq vazifalarini belgilab oladilar.

O‘zA