Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida ilk gastronomik koʻcha ochildi
21:23 / 2020-10-16

Ushbu koʻchada joylashgan kafe va restoranlarda har bir kishi dunyoning turli mamlakatlarida tayyorlanadigan eng mazali, milliy taomlardan bahramand boʻlishi mumkin. Yoʻl boʻylab koʻplab gastronomik butiklar, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari oʻrin olgan.


Endilikda shaharning Orzu Mahmudov koʻchasi gastronomik koʻcha sifatida aholi va sayyohlarga xizmat koʻrsatadi.

Ushbu koʻchada joylashgan kafe va restoranlarda har bir kishi dunyoning turli mamlakatlarida tayyorlanadigan eng mazali, milliy taomlardan bahramand boʻlishi mumkin. Yoʻl boʻylab koʻplab gastronomik butiklar, savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari oʻrin olgan.
photo_2020-10-16_21-18-05.jpg
photo_2020-10-16_21-18-09.jpg
photo_2020-10-16_21-17-59.jpg

Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari, turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov ushbu gastronomik koʻchani ochar ekan, Samarqand kuni arafasida bu maskan shahar ahli uchun katta tuhfa boʻlganini taʼkidladi.

– Bu koʻcha nafaqat ovqatlanish yoki xaridlarni amalga oshirish nuqtasi boʻladi, balki turli madaniy, koʻngilochar tadbirlar oʻtkaziladigan maskanga aylanadi – dedi A.Abduhakimov.