Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida 853 oila subsidiya asosida uy-joy oldi
16:44 / 2021-12-06

bugungi kunda Samarqand shahrida yashovchi 551 mingga yaqin aholining 284 ming nafarini yoki 55,8 foizini yoshlar tashkil etadi.

Samarqand shahar hokimligining ma’lum qilishicha, aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida yil boshidan buyon shaharning Qorasuv massivida 10 ta 16 qavatli (928 xonadonli) turarjoy binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Yaqin kunlarda yana 3 ta 16 qavatli va ilk bor Samarqand 2 ta 25 qavatli turarjoy foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida shaharning Kimyogarlar qo‘rg‘onida yangi tartib asosida 120 xonadonli ko‘p qavatli uy qurilmoqda.
– Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari, shuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lab berilmoqda – deydi Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Akram Egamov. – Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021 yil 3 dekabrga qadar 3742 nafar fuqaro subsidiya asosida uy-joy olish uchun ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, ularning 853 nafari ijobiy xulosa olgan va uy-joy berilgan. 1423 nafar fuqaroning hujjatlarida kamchilik bo‘lgani uchun qayta ariza topshirishga yo‘naltirilgan. 102 kishining arizalari komissiyalar tomonidan rad qilingan, shuningdek, 1364 ta ariza komissiyalar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning sentyabr oyida to‘xtatilgan bo‘lib keyingi ro‘yxatdan o‘tish 2022 yilda boshlanadi.
O‘tgan yil 1300 dan ortiq murojaat qayd etilib, 533 kishiga yangi tartib bo‘yicha uy ajratilgan edi.
2022 yilda shaharning Shirin mahallasi hududidagi 210 gektar yer maydonida joylashgan 1788 ta turar va noturarjoy ob’ektlari hamda Samarqand shahrining vokzal orti hududidagi “Matonat”, “Maysazor”, “Mehnat”, “Ipak yo‘li”, “Temiryo‘lchilar” va “Baraka” mahallarida joylashgan 3304 ta arxitektura va shaharsozlik normalariga javob bermaydigan eski hovlilar qonunda belgilangan tartibda ko‘chirilib, ularning o‘rnida ko‘p qavatli turarjoy binolari, savdo majmualari, turistik va ko‘ngilochar majmualar barpo etish belgilangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tgan hafta o‘tkazilgan vidoyeselektor yig‘ilishida belgilangan uy-joyga ehtiyojmand aholi qatlamini turar joy bilan ta’minlash, subsidiya berish tartiblarining takomillashtirilishi Samarqand shahrida ham aholining yil sayib o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, aholining o‘z boshpanasiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

G‘.HASANOV, O‘zA