English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida 2022 yil oilaviy ajrim ko‘paygan
16:32 / 2023-01-25

Bu haqida Samarqand viloyat sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida viloyat sudi raisining o‘rinbosari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Zafar Allabayev ma’lum qildi.

O‘tgan yil fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida 49266 ta fuqarolik ishlari ko‘rib tamomlangan. Ularning 38223 tasida da’vo qanoatlantirilgan, 5308 tasi rad qilingan, 4310 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan, 1425 tasi ish yuritishdan tugatilgan. Tumanlararo, tuman (shahar) sudlari tomonidan jami 25 mingta sud buyrug‘i chiqarilgan.  

– Voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talablar yuzasidan 7884 ta, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talablar yuzasidan 2611 ta, fuqarolardan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi talablar yuzasidan 8768 ta, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talab yuzasidan 3048 ta, kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qazrdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish to‘g‘risida talab yuzasidan 2617 ta sud buyruqlari chiqarildi, – dedi Z.Allaboyev. – Yil davomida viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atida 1275 ta ish ko‘rildi. Hal qiluv qaroriga nisbatan 1069 ta ish tamomlangan, 807 ta hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan, 172 ta hal qiluv qarori bekor qilingan, 90 ta hal qiluv qarorlari o‘zgartirilgan.  

Viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi tomonidan 19 ta, jumladan, sudyalarga nisbatan 8 xususiy ajrim chiqarilgan. 2022 yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan nikohdan ajratish bilan bog‘liq 7827 ta (2021 yilga qaraganda 1057 taga ko‘p) da’vo ko‘rib chiqilib, 3971 tasi qanoatlantirilgan, 3019 tasi rad qilingan. Hududlar bo‘yicha olganda, ushbu toifadagi eng ko‘p ish Samarqand shahrida (1749 ta) ko‘rilgan. Shuningdek, Urgut (686 ta), Pastdarg‘om (683 ta), Samarqand (627 ta) tumanlarida ham bunday ishlar ko‘p qayd etilgan. Ko‘rilgan ishlarning 4706 tasi erkaklarning, 3121 tasi xotin-qizlarning da’volari asosida ko‘rilgan. Sudlar tomonidan 345 ta ish bo‘yicha taraflar yarashtirilgan.  

 G‘.HASANOV, O‘zA