Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahrida 2 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi
10:29 / 2020-12-09

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Senat a’zolari, mahalliy hokimliklar vakillari, mutasaddi idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Sessiyada Samarqand shahar hokimi Bobirmirzo Obloqulovning 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va shaharni 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Ma’lumki, yil boshida har bir viloyat, tuman va shahar hokimi xalqqa murojaat qilib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalarini belgilab olgan edi. Ularni amalga oshirish maqsadida bu yilgi murakkab sinovlarga qaramasdan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yetarli resurslar ajratilib, barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Sessiyada shahar hokimi tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, ularga yaratilayotgan sharoit to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, Samarqand shahrida 1 dekabr holatiga 15 ming 243 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 2 ming 56 ta yangi yuridik korxona (shundan, 1378 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, 108 ta xususiy korxona, 567 ta oilaviy korxona, 2 ta unitar korxona va 1 ta qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklidagi korxona) tashkil etilib, yillik reja 90 foizga bajarildi. Yil yakunigacha yana 230 ta yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy yilda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tijorat banklari tomonidan barcha moliyalash manbalari hisobidan shahardagi 11 ming 903 ta yuridik va jismoniy shaxsning tadbirkorlik loyihalariga 1 trillion 693 milliard so‘m kredit ajratildi.

 

N.Nasriyev, O‘zA