Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahri yo‘nalishlariga elektrobus qo‘yiladi
17:21 / 2022-02-28

Samarqand shahrida jamoat transporti xizmati sifatini oshirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, shahar transport tarmog‘ini rivojlantirish, ichki yo‘nalishlarni jamoat transporti xizmatlari bilan qamrab olish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 2022 yilda 50 ta elektrobuslar sotib olinib, shahar yo‘nalishlariga joylashtiriladi. Yaqin yillarda esa bunday transport vositalari sonini 200 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. 

Samarqand shahriga kelayotgan mehmonlar hamda viloyat aholisiga qulaylik yaratish maqsadida shahardagi mavjud avtovokzal va avtostansiyalar shaharning chekka hududlariga ko‘chiriladi. Jumladan, “Cho‘pon-ota” massivi va Samarqand tumanidagi sobiq parrandachilik fabrikasi hududida bittadan, Qorasuv massivi hududida esa ikkita yangi avtostansiya quriladi. 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yaqinda o‘tkazilgan sessiyasida viloyat hokimi E.Turdimov Samarqand shahrida transport vositalari kun sayin ko‘payib borayotgani natijasida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelayotgani, aholiga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportini ko‘rsatish sifati va qamrovini oshirish kerakligini ta’kidlagan edi. 


G‘.HASANOV, O‘zA