English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy qilish  loyihasi amalga oshiriladi
10:06 / 2025-05-26

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2025-2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025-2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasining amalga oshirishning asosiy maqsadlari belgilandi. Ular quydagilardan iborat:

a) xalqaro ekspertlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida tibbiyot xodimlari hamda ota-onalarni saraton kasalliklariga (onkologik va onkogematologik) hushyorligini va bilimlarini oshirish bo‘yicha so‘rovnoma ishlab chiqish; 

b) so‘rovnomani qo‘llash, unga muvofiq tibbiy ko‘rik o‘tkazish hamda birlamchi skrining tartib-qoidalariga o‘qitish orqali tibbiyot xodimlarini onkologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqichlarida aniqlashga o‘rgatish; 

v) so‘rovnomaga asosan saraton kasalligiga gumon qilingan har bir bolani individual yo‘naltirish xaritasini tuzish va bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizimni yaratish hamda unda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 

g) davolash bo‘yicha onkologik kasalliklarga gumon qilingan bolalarni 100 foiz uzluksiz raqamli yo‘naltirish tizimi bilan qamrab olishni joriy etish; 

d) yo‘naltirish xaritasiga asosan: 

tashxislash muddatini onkologik kasalliklar bo‘yicha 14 kungacha, onkogematologik kasalliklar bo‘yicha 4 kungacha qisqartirish;

onkologik va onkogematologik kasallik aniqlangan kundan boshlab 10-20 kunda davolashni boshlash; 

ye) bemor bolalarning raqamli  ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

j) birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonasi, hududiy tibbiyot muassasalari shifokorlariga bolalar onkogematologiyasiga oid shubhali alomatlar bo‘yicha doimiy o‘quv-seminarlar tashkil etish orqali ularning bu sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. 

Qaror bilan 2025-2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 

Loyiha quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

a) I boskichda (2025 yil iyun-iyul); 

b) II boskichda (2025 yil iyul-dekabr); 

v) III bosqichda (2026 yil yanvar-dekabr).

O‘zA