Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahri suv ta’minoti tizimi va yo‘l tarmoqlari modernizatsiya qilinadi
13:31 / 2022-09-14

Bu ish davlatimiz rahbarining 2022 yil 8 sentyabrda imzolangan “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Abu Dabi taraqqiyot jamg‘apmaci o‘rtasida 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 17 yilda qaytarish muddati bilan 1 101 900 000 Birlashgan Arab Amirliklari dirhami miqdorida qarz bitimi imzolangan. 

Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2022 - 2026 yillar) tashkil etadi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 13 sentyabrda Samarqand viloyati hokimining qarori qabul qilindi. Qarorda loyihani amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilangan.  
 

G‘.HASANOV, O‘zA.