Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahri kuni nishonlanmoqda
10:25 / 2025-10-18

Bugun, 18 oktyabr – Samarqand shahri kuni. 1996 yil ushbu sanada qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda sohibqiron Amir Temurning salobatli haykali ochilgan va shahar birinchi raqamli Amir Temur ordeni bilan mukofotlangandi. Va bu kun shahar kuni deb belgilangan edi.

An’anaga muvofiq, dastlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev boshchiligida viloyat va shahar hokimliklari, keng jamoatchilik vakillari Amir Temur maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. So‘ngra buyuk jahongir haykali poyiga gullar qo‘yildi.

[gallery-25783]

– Uch ming yillik tarixga ega Samarqand hamma vaqt dunyo ahlining nigohida bo‘lgan, yer yuzining sayqali deb e’tirof etilgan, – deydi Registon majmuasi rahbari Xonqul Samarov. – Hamma zamonlarda ham odamlar bu shaharga talpingan, bu yerdan ilm-ma’rifat, madaniyat o‘rgangan. Shuning uchun ham Samarqand ko‘p ulug‘ allomalarimizga beshik bo‘lgan, ularni kamolga yetkazgan. Bu an’analar bugun ham davom etib, qadimiy shahrimiz zamon bilan uyg‘un rivojlanmoqda, siyosiy muloqotlar maydoni, madaniyat markaziga aylanmoqda. Deyarli har kuni xalqaro tadbirlar, festival va anjumanlarga mezbonlik qilmoqda. Bu sanalar, tadbirlar orasida 18 oktyabr – Samarqand shahri kunining ahamiyati boshqacha, albatta.  

Shahar kuni munosabati bilan bugun Samarqandda bir qator yangi ob’ektlar – ko‘p qavatli turarjoy binosi, ulkan savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi, mehmonxona va restoran, ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshiriladi.

Kun davomida shahardagi madaniyat va istrohat bog‘lari,  xiyobonlarda madaniy dasturlar, konsert tomoshalari namoyish etiladi.  

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari