Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi
18:14 / 2022-06-10

Agar siz ID-karta olmoqchi bo‘lsangiz biometrik pasportingiz bilan qaysi tumanda ro‘yxatda turishingizdan qat’i nazar o‘zingizga qulay, istalgan Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yoki Samarqand shahar DXMga murojaat qilishingiz lozim.

Bungacha viloyatimiz aholisi ushbu hujjatni olish uchun faqatgina IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Prezidentning 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son farmoni bilan 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab ID-karta va xorijga chiqish pasportini Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish imkoniyati yaratildi.

2022 yilning 9 iyunidan boshlab Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida mazkur xizmat yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xizmatni sifatli ko‘rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatilgan. Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo‘lganlar onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati - 1 kun.

Eslatib o‘tamiz, birinchi marta oliygohlarga hujjat topshirayotgan maktab bitiruvchilari ID-karta olishlari kerak bo‘ladi. Bunday yoshlar uchun Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, 2021 yil 1 yanvardan 2011 yil namunasidagi (yashil) pasportlarni berish to‘xtatilib, o‘rniga ID-kartalar joriy etilgan. Oliygohga hujjat topshirishda nafaqat ID-karta, balki muddati o‘tmagan biometrik pasportdan ham foydalanish mumkin.

1 yoshgacha bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa berilgan kartaning amal qilish muddati 2 yil, 1 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolaga beriladigan karta 5 yil, 16 va undan katta yoshdagi shaxslar uchun 10 yil davomida amal qiladi.

Agar siz ID-karta olmoqchi bo‘lsangiz biometrik pasportingiz bilan qaysi tumanda ro‘yxatda turishingizdan qat’i nazar o‘zingizga qulay, istalgan Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga yoki Samarqand shahar DXMga murojaat qilishingiz lozim.

O‘zA