Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinib, muhim kelishuvlar imzolandi
14:06 / 2022-09-29

Toshkentda SHHT ning Samaqand sammiti yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda  so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo instituti direktori Eldor Aripov Samarqand sammiti nafaqat SHHT uchrashuvi o‘tkaziladigan joyga, balki  davlatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining ikki va uch tomonlama muzokaralari maydonchasiga aylanganini alohida qayd etdi.

Ushbu uchrashuvlar doirasida muhim mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha tarixiy qarorlar qabul qilindi. 

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Strategik va mintaqalararo instituti vakili “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘l qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama  kelishuv imzolanganini alohida qayd etdi. “Ushbu loyiha to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga 20 yil vaqt ketdi. Yo‘l Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini oshirish va mintaqa infratuzilmasini rivojlantirishda  strategik ahamiyatga ega”, - deb qayd etdi u. 

 - Bundan tashqari, Samarqand sammiti SHHT o‘zining asosiy  tamoyillari – bloklarga qo‘shilmaslik maqomi, uchinchi tomonga qarshi harakat qilmaslik, o‘zaro hurmat, murosaga qat’iy sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Bu tamoyillar  SHHT ning muvaffaqiyatli rivojlanishi,  Tashkilotning xalqaro maydondagi  nufuzi va jozibadorligini oshirishning muhim kafolati va shartidir, - dedi Eldor Aripov. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Strategik va mintaqalararo instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va SHHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilib, unda SHHT ga a’zo davlatlar, shuningdek, ko‘plab horijiy mamlakatlar, jumladan, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya Vengriyaning tahliliy markazlaridan 30 dan ortiq vakillar ishtirok etmoqda.