Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand sammitida SHHT kun tartibida iqlimga oid masalalar muhokama qilinadi
11:42 / 2022-09-14

Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlar kengashi yig‘ilishida iqlim o‘zgarishlariga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha bayonot loyihasi muhokama qilindi va kelishib olindi.

– SHHT doirasida bu boradagi bayonot birinchi marta qabul qilinmoqda. Bu tashkilotning mintaqaviy va global iqlim mavzusini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirokchi bo‘lish istagi hamda tayyorgarligini ko‘rsatadi. Xususan, hujjatda  SHHTga a’zo davlatlarning ushbu sohadagi asosiy xalqaro huquqiy mexanizmlari-BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi va Parij bitimi nizomlarini samarali amalga oshirish masalalariga umumiy yondashuvlari o‘z ifodasini topgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy  vakili Yusuf Qobuljonov.  
 
 

O‘zA