Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand restoranlar tarmog‘i bilan hamkorlik bitimi imzolandi
17:36 / 2023-05-08

Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib turgan Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi delegatsiyasi “Star Samarkand” restoranlar tarmog‘i bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Unga ko‘ra, tarmoq restoranlarida Samarqand haqidagi videoroliklar namoyish etiladi. Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi restoranga tegishli videomateriallarni taqdim etgan. Kelgusida samarqandlik hunarmandlar yasagan  buyumlar bilan birga suratga tushadigan selfi-hududini tashkil qilish ham rejalashtirilgan.  

Bundan tashqari, Koreyada Samarqand oshpazlik an’analarini targ‘ib qilish  maqsadida “Gastro Expert” akademiyasi “Star Samarkand” restoranlar tarmog‘i uchun  yuqori malakali  oshpazlar, ofitsiantlar va qandolatchilarni tayyorlash bo‘yicha memorandum ham imzolandi.  

“Star Samarkand” restoranlar tarmog‘i Koreya Respublikasida 2003 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muassasalarga kuniga 5 mingdan ortiq mijoz tashrif buyuradi, mijozlarning 85 foizdan ortig‘ini Koreya fuqarolari,  qolgan 15 foizini esa Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari tashkil etadi.  

Roman BONDARCHUK, O‘zA muxbiri