Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand nuroniylariga yangi sardor tayinlandi
08:59 / 2021-06-24

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining buyrug‘i bilan Saidahmad Usmonov Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozim egasi viloyat nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi ham hisoblanadi.

 Mazkur kengash keksalar va faxriylarning boshini qovushtiradigan, ularni yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga, umuman, jamiyat hayotiga faol jalb qiladigan tashkilot hisoblanadi. Kengash rahbari bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining viloyat hokimliklari huzuridagi mintaqaviy bo‘linmalari raislari ham sanaladi.  

 – Bu lavozimda ishlaydigan kishiga juda katta mas’uliyat yuklatilgan, - dedi Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov yangi rahbarni tanishtirish chog‘ida. – Albatta, bu borada davlat va jamoat arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Qahramoni Hasan Norbekovich Normurodov hech bir muammoga o‘rin qoldirmagan. Afsuski, u kishi shu yil 24 aprel kuni 82 yoshida vafot etdi. Hasan Normurodov ishlarini davom ettirish uchun u kishining o‘rniga Saidahmad Usmonov nomzodini lozim deb topdik.

 S.Usmonov uzoq yillar ta’lim tizimida turli lavozimlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. 2019-2020 yillarda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

 G‘.HASANOV, O‘zA