Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand nufuzli musobaqaga tayyor
20:49 / 2025-05-23

Samarqandda 24-25 may kunlari triatlon va para triatlon bo‘yicha “World Triathlon Cup Samarkand-2025”, “World Triathlon Para Cup Samarkand-2025” musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur musobaqalar oldidan tashkilotchilar va mashhur sportchilar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi mas’ullarining ma’lum qilishicha, ketma-ket ikkinchi yil Samarqand mezbonligida o‘tkazilayotgan musobaqada Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Avstraliya, Belgiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Avstriya, AQSH, Vengriya, Italiya kabi 30 dan ortiq mamlakatdan vakillar ishtirok etadi. Jahon kubogi musobaqalarini para sportchilar boshlab beradi. Ular sprint 750 metrga suzish, 19 kilometr velosiped poygasi va 5 kilometrga yugurish bo‘yicha bahslashadi. Elit sportchilar uchun standart 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velosiped va 10 kilometr yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. So‘ngra toifaga qarab, bir nechta startlar rejalashtirilgan. 

[gallery-23541]

Matbuot anjumanida o‘tgan yil Samarqandda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishib kelayotgan mashhur sportchilar triatlon bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilgan jahon kubogida 2-o‘rinni egallagan Buyuk britaniyalik Jessika Fullagar, shu yil Chengduda o‘tkazilgan jahon kubogida 8-o‘rinni egallagan vengriyalik Marta Kropko, o‘tgan yil Samarqandda o‘tkazilgan jahon kubogida 5-o‘rinni egallagan italiyalik triatlonchi Ilaria Zane, Avstraliyadan Tobi Povers, triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi g‘olibi Shuxan, 2024 yilgi o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati kumush medali sovrindori, Chengdudagi triatlon bo‘yicha jahon kubogi g‘olibi amerikalik Riz Vannerson jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

– Samarqandda ikkinchi marta jahon kubogida ishtirok etyapman, – deydi Buyuk britaniyalik triatlonchi Jessika Fullagar. – Tanish joyda ikkinchi marta musobaqada qatnashish sportchi uchun eng yaxshi afzallik. Albatta, bu imkoniyatdan foydalanib bu galgi musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilaman.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari