Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand mahallalarida koronavirus tarqalishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda
16:03 / 2020-03-21

Davlatimiz rahbari hamda Hukumatimiz tomonidan hozirgi vaqtda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish choralari koʻrilmoqda.


Davlatimiz rahbari hamda Hukumatimiz tomonidan hozirgi vaqtda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish choralari koʻrilmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyati hokimi boshchiligida Samarqand tumanidagi “Doʻstlik“ yozgi oromgohi hududida boshqa davlatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri Samarqandga kirib kelgan fuqarolarni belgilangan tartibda tibbiy nazorat va tashxisdan oʻtkazish hamda 14 kunlik karantinda saqlash maqsadida maxsus muassasa tayyorlandi.

Shuningdek, viloyatdagi barcha maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtlari hamda har bir korxona va tashkilotlarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Mamlakat miqyosida eʼlon qilingan karantin sababli hamda favquloddagi vaziyatdan kelib chiqqan holda Samarqand viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasining maxsus koʻrsatmasi bilan viloyatdagi 1096 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida, qishloqlarda koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida mahallalarda koronavirus xavfini oldini olish boʻyicha hamkor tashkilotlar masʼul xodimlari bilan birgalikda muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, aholining sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini toʻgʻri tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan bukletlarni xonadonma-xonadon yetkazilishi taʼminlanmoqda.

Ayni vaqtda barcha shahar va tumanlar boʻlimlarida jami 16 nafar masʼul xodim mahallalardagi mavjud vaziyatni oʻrganish hamda tegishli ishlarni olib borishga biriktirilgan. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, hozirgi kun holatiga qadar jami 7635 ta xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borilgan, suhbat bayoni tuzilgan, bukletlaretkazilgan. Aholi xonadonlari mahalliy tibbiyot markazlari xodimlari tomonidan dezinfeksiya qilingan.

Koʻp qavatli uylarda yashovchi aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida kommunal soha xodimlari tomonidan umumiy mulkdan foydalanayotganda (bolalar maydonchasi, liftlar, zinapoyalarning panjaralari va h.k.) sanitariya va epidemiologiya talablariga rioya etishlari uchun ham kerakli tavsiyalar va koʻrsatmalar berilmoqda.

Asqar UMAROV,
Samarqand viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi