Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Bokuda
11:18 / 2025-09-26

Joriy yilning 24–25-sentyabr kunlari Ozarbayjon poytaxtida “Times Higher Education” (THE) xalqaro reyting tashkilotining “THE Eurasia Universities Summit 2025” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘in doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya Boku davlat universitetiga (BDU) tashrif buyurdi.

AzerTAJ xabariga ko‘ra, BDU rektori Elchin Babayev mehmonlarni qutlar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari yanada rivojlanayotganini ta’kidlagan.

Samimiy ruhda kechgan davra suhbatida iqtisodiyot va geografik turizm bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, turli xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlari qayd etildi.

O‘z navbatida, rektor M.Po‘latov BDU bilan integratsiyani yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Sammit Yevropa va Osiyo bo‘ylab universitet rahbarlari, siyosatchilar va tadqiqotchilarni birlashtirib, transmilliy tadqiqotlarning ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi, deyish mumkin. 

Shuningdek, uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

M.Pirmatova, O‘zA