Samarqand Investitsiya forumi o‘z nomi bilan global ahamiyat kasb etadi
Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida ish boshlagan Global investitsiya forumi rejaga ko‘ra, ikki kun davom etadi.
Anjuman dasturidan vazirlar, xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan muhokama, munozara shaklidagi yig‘ilishlar, 5 ta ixtisoslashgan sessiya, 22 ta davlat, xorijiy tuzilmalar taqdimoti o‘rin olgan.

Mazkur ulkan tadbirda Bosh Assambleya rasmiy veb-saytidagi maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tgan 100 ga yaqin davlatdan 634 vakil, jumladan 122 nafar yirik xorijiy investor hamda 540 mahalliy kompaniya ishtirok etish istagini bildirgan.

Hozirgacha jami 2 milliard dollar qiymatga ega istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilib, tegishli investorlarga taqdim etildi.
G‘.Xonnazarov,
A.Isroilov (surat),
O‘zA