Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand IIB olti oyda qanday ishladi?
18:37 / 2023-07-20

Samarqand viloyati hududida joriy yilning birinchi yarmida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik N.To‘raxo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yarim yillik faoliyat tanqidiy tahlil qilingan. Hisobot davrida viloyat hududida 3926 ta jinoyat sodir etilgan. Jumladan, IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq 430 ta holat aniqlanib, 56 kilogramm 295 gramm giyohvand moddalar rasmiylashtirib olingan.  

Viloyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, avtoulov olib qochish hamda bosqinchilik jinoyatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshishiga yo‘l qo‘yilmadi.  

Shuningdek, Bulung‘ur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlarida qotillik jinoyati, Paxtachi, Toyloq va Qo‘shrabotda og‘ir tan jarohati yetkazish, Kattaqo‘rg‘on shahri, Narpay, Payariq, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlarida nomusga tegish jinoyati sodir etilmadi. 11 tuman va shaharda esa talonchilik qayd etilmadi.  

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida umumiy jinoyatlarning 92 foizi, ya’ni 3926 tadan 3607 tasi fosh etilib, 231 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 21 mingdan ortiq nizoli oilalar o‘rganilib, 19 mingga yaqinidagi nizolar bartaraf etildi. Bu oilalarda yashovchi 37 nafar xotin-qizga himoya orderi berildi. Shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 977 nafar xotin-qizga himoya orderlari berilishi ta’minlandi. Joriy yilning 6 oyi davomida tergov harakatlari olib borilgan 3164 ta jinoyat ishlari bo‘yicha jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarardan 83 milliard 248 million so‘mi undirib berildi.  

Yig‘ilishda tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham atroflicha tahlil qilinib, bunga sababchi bo‘lgan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

G‘.HASANOV, O‘zA