Samarqand – Dushanbe to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari yo‘lga qo‘yildi
Joriy yilning 20 iyulidan boshlab “Samarqand – Dushanbe – Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar boshlandi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, reyslar yurtimizning “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan har payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Tashabbus O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida havo qatnovi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida joriy etilmoqda.



Ma’lumot o‘rnida, 19 iyuldan boshlab “Centrum Air” “Toshkent – Dushanbe – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha ham haftasiga ikki marta (chorshanba va shanba) reyslarni amalga oshirmoqda. Ushbu yo‘nalishda shuningdek, “Somon Air” va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyalari uchoqlari ham parvoz qilmoqda.
O‘zA